To'lov usullari
Sizga mahsulot sotilganida yoki xizmat koʻrsatilganida qoʻlingizga mahsulotning tegishli hujjati va kassa cheki beriladi.
Naqd pul
Siz xaridingiz uchun doʻkonda yoki kuryerga (mahsulotni yetkazib berish xizmatidan foydalansangiz - bu xizmat hamma shaharda ham mavjud emas) naqd pul bilan toʻlov qilishingiz mumkin.
Plastik karta
Doʻkonda yoki Sizga mahsulot yetkazib berilganida mahsulot uchun bank kartasi bilan elektron shaklda toʻlash. Quyidagi toʻlov tizimlarining kartalari qabul qilinadi: «VISA», «MasterCard», «UZCARD», «HUMO».
Sayt orqali onlayn toʻlov
To‘lov hamkor kompaniyalari hisoblanuvchi UZCARD va HUMO tomonidan amalga oshiriladi. Bunda komissiya olinmaydi. To‘lov uchun bank kartalari, UZCARD va HUMO hamyonlar qabul qilinadi.
Agar Siz onlayn toʻlov usulini tanlasangiz - Siz oʻz toʻlov vositangiz haqidagi maʼlumotlarni hamkor tashkilot sahifasining maxsus himoyalangan toʻlov formasida koʻrsatib oʻtasiz. Hamkor tashkilot berilgan buyurtmaning barcha talablarga mos kelishini tekshirgandan soʻng, soʻrovni avtorizatsiyaga yuboradi. Bank-emitent ushbu toʻlov avtorizatsiyasini tasdiqlaganidan soʻng siz bizning saytimizga, buyurtmani tasdiqlash sahifasiga qaytasiz.
Buyurtmani rasmiylashtirayotgan vaqtda kiritilgan telefon raqamiga maxsus kod yuboriladi. Bu kodni buyurtmani olish vaqtida doʻkon xodimiga aytish kerak boʻladi.
Diqqat! Toʻlovni qaytarishda pul faqatgina mahsulot olish paytida toʻlov qilingan kartaga (bank kartasiga, UZCARD / HUMO) qaytariladi. E'tibor bering, mahsulotni qaytarish uchun Ariza yozish talab etiladi.